25 Mart 2022 yil
604
Noqonuniy yuk
Ichki ishlar organlari xodimlari Jizzax viloyati Forish tumani Osmonsoy mahalla fuqarolar yig’ini hududida “Damas”ni to’xtatib, tekshirdilar.
Mazkur jarayonda avtoulovda 343 kilogramm baliq borligi ma’lum bo’ldi. “Damas” haydovchisi, tumanning Uchquloch mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi shaxs baliqlarni Aydar – Arnasoy – Tuzkon ko’li bo’yida sotib olganligini, shuningdek pullash maqsadida Jizzax shahriga eltayotganligini bildirgan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o’tkazilmoqda.