18 May 2021 yil 824

Nurafshonda ish qizg’in

Zafarobod tumanidagi “Nurafshon” shaharchasida “Obod qishloq” dasturi doirasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. CHunonchi, ko’p qavatli uylarni ta’mirlash, tom qismlarini yangilash, aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash, elektr tarmoqlari va tabiiy gaz ta’minotidagi muammolarni bartaraf etish choralari ko’rilayapti. Hududda ayni yo’nalishdagi ishlar bilan tanishgan Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i, 3- sektor rahbari kelgusida qilinishi lozim bo’lgan ishlar bo’yicha mas’ullarga topshiriqlar berdi.

To’rt ming to’rt yuz nafardan ziyod aholi istiqomat qiladigan shaharcha fuqarolar yig’inidagi 18 ta ko’p qavatli uylarning 5 tasining tom qismi “Obod qishloq” dasturi asosida yangilandi, yana 5 ta uyniki almashtiriladi. Bundan tashqari, 2 ta ko’chaga suv quvuri tortilayapti. Ushbu ish yakunlanishi bilan qariyib 800 nafarga yaqin aholining ichimlik suv ta’minoti yaxshilanadi. SHuningdek, viloyat 3- sektor rahbarining bevosita sa’yi harakati bilan 2 ta transformator olib kelindi va ularning bittasi o’rnatildi.

Dastur doirasida shaharcha fuqarolar yig’inining 8 kilometr ko’chasiga shag’al yotqizish va 1,2 kilometr ko’cha asfal’t qilinishi ko’zda tutilgan. Boshqarma boshlig’i ushbu ishlarining borishini o’rganib, elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan bog’liq muammolarni hal etish ishlarni tezlashtirish lozimligini ta’kidladi. Ko’p qavatli uylarning atrofidagi noqonuniy qurilishlarni bartaraf etish va chiqindilarni hududdan olib chiqish, ko’cha va xonadonlar obodligini ta’minlash bo’yicha tavsiyalarini bildirdi.

Nurafshon shaharchasining “Ayollar daftari” hamda “YOshlar daftari” da ro’yhatda turgan ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlashga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, ularning 30 nafari dastur doirasidagi ishlarni bajarish uchun haq to’lanadigan jamoat ishiga jalb etildi.

SHaharchada bajarilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish, mavjud muammolarni joyida bartaraf qilish maqsadida Jizzax viloyati 3- sektor rahbarining ko’chma shtabi hududga o’rnatildi.

 

Jizzax viloyati IIB axborot xizmati.

Text to speech