10 Sentyabr 2022 yil 286

“Nurli maskan”da sport musobaqalari tashkil etildi

Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasiga biriktirilgan Jizzax shahridagi “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internatida o’quvchilarning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish maqsadida sportning shaxmat, shashka, yugurish, uzunlikka sakrash, tosh ko’tarish turlari bo’yicha musobaqa tashkil etildi. Murosasiz kechgan bahslarda har bir ishtirokchi mahoratini namoyon etib, g’oliblik uchun astoydil kurash olib bordi. Jismoniy imkoniyatidan kelib chiqqan holda o’g’il-qizlarni sog’lom, ma’nan yetuk inson qilib tarbiyalashga qaratilgan musobaqa qizg’in kechdi. Mazkur tadbirlar orqali imkoniyati cheklangan o’quvchilarni sportga keng jalb etish va vaqtlarini mazmunli o’tkazish, sportga oshno etish maqsad qilingan.

Text to speech