16 Avgust 2022 yil 685

Obodlik ko’ngildan boshlanadi

Bugunga qadar Sharof Rashidov tumanidagi Kattaqishloq mahalla fuqarolar yig’ini o’z binosiga ega emas edi. Yana sanoqli kunlardan so’ng yangdan bunyod etilayotgan mahalla idorasi foydalanishga topshiriladi. Jizzax viloyati IIB boshlig’i, general-mayor G’ayrat Qodirov ushbu qurilish ishlarining borishi bilan tanishdi. Ma’lum qilinishicha, 4 ming 700 nafardan ziyod aholi istiqomat qiladigan mahalla fuqarolar yig’ini idorasini qurish uchun tuman mahalliy byudjeti hisobidan 324 million so’m mablag’ ajratilgan. O’tgan iyul oyining boshidan boshlangan bunyodkorlik tez kunda yakunlanishi rejalashtirilgan.

Boshqarma boshlig’i shu yerda mahalla faollari va nuroniylari bilan suhbatda bo’ldi. Muloqot chog’ida hududda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlar va xotin-qizlar bandligi, ehtiyojmand oilalar holidan xabar olish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, infratuzilmani yanada yaxshilash bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Tumandagi 25- sonli o’rta umumta’lim maktabini yangi o’quv yiliga tayyorlash borasida ko’lamli ishlar qilinmoqda. o’tgan davr mobaynida “Mamajonovlar” mas’uliyati cheklangan jamiyati quruvchilari tomonidan 830 o’rinli muassasa binosining isitish tizimi va eshik hamda derazalari yangilandi. Boshqarma boshlig’i ushbu ishlarning borishini ham ko’zdan kechirdi. Ta’mirlash ishlarini qisqa fursatda yakunlab, maktab binosini yangi o’quv yiligi tayyorlash bo’yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bino ta’miri uchun 888 million so’m mablag’ ajratilgan.

Xuddi shunday, 17- sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida ham bunyodkorlik ishlari jadal davom etmoqda. Ushbu maktab binosini ta’mirlash uchun 1 milliard 136 million so’m mablag’ ajratilgan bo’lib, bugunga qadar eshik va derazalarni yangisiga almashtirildi. Hozirda so’nggi pardozlash ishlari olib borilayapti. Viloyat 3- sektor rahbari ushbu ishlar bilan tanishuv asnosida mavjud kamchiliklarni ham ko’rsatdi. Ularni hal etish bo’yicha mas’ullarga vazifalar yukladi.

Hududda aholining ichimlik suvi bilan bog’liq muammosini hal etish chorasi ham ko’rilmoqda. SHu kunlarda esa yer ostidan suv olish inshoati bunyod etilayapti. Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i ushbu ish bilan ham tanishdi.

Text to speech