14 Noyabr 2022 yil 274

Obodlik ko’ngildan boshlanadi

Jizzax viloyati IIB JXX JTSB kinologiya bo’linmasida ko’lamli bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Xususan, o’q otish va xizmat itlari bilan mashg’ulotlar olib borish maydonlari, pitomnik va hududni obod qilish choralari ko’rilayapti. Shu ma’noda xashar uyushtirilib, tadbirda 100 nafardan ziyod ichki ishlar organlari xodimlari ishtirok etishdi. Ular tomonidan daraxtlarni oqlash, shakl berish, binolarni ta’mirlash ishlari bajarildi.

Ta’kidlash joiz, o’q otish maydonchasi va uning atrofi obod qilinadi. Jarayonda o’q otish nishonlari ta’mirlanib, kuzatish maydonining tomini yopish ishlari boshlab yuborildi. Bundan tashqari bino va inshoatlar, xizmat itlari pitomnigida ham ta’mirlash ishlari bajarildi. Ariqlar tozalanib suv yo’llari ochildi.

SHu kuni yashil makon umumilliy loyihasi doirasida manzarali va mevali daraxt ko’chatlari o’tqazildi. Qisqasi xashar davomida Jizzax viloyati IIB JXX JTSB kinologiya bo’linmasining 10 gektar maydoni obod qilinib, 200 tup ko’chat ekildi.

Text to speech