Obodlik ko’ngildan boshlanadi
Zomin tumani “Guliston” mahalla fuqarolar yig’ini yoshlari hududdagi 30- o’rta umumta’lim maktabida ta’lim olishadi. 3- sektor hududidagi ushbu ziyo maskani Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi otalig’iga olingan.
Ayni kunlarda maktabda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Xususan, “Jizzax ta’mir saodat” mas’uliyati cheklangan jamiyati ustalari tomonidan maktab hududini temir panjara bilan o’rash ishlari bajarilayapti. Bugunga qadar esa maktab oldidagi maydon tekislandi. Atrofga panjara o’rnatish uchun esa poydevor qurildi.
Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i, 3- sektor rahbari bunyodkorlik ishlarini ko’zdan kechirib, maktab rahbari, mahalla faollari, usta quruvchilar bilan suhbatda bo’ldi. Suhbat chog’ida hududni obodonlashtirish, bunyodkorlik ishlarini jadallashtirish bo’yicha tavsiyalar bildirdi. Qo’shimcha binolar qurilishida zarur bo’lgan mahsulotlarni o’z vaqtida yetkazish yuzasidan mas’ullarga ko’rsatma va topshiriqlar berdi.
Viloyatning chekka hududida joylashgan ushbu muassasada joriy o’quv yili yakunlangach binoda ham ta’mirlash ishlari boshlanadi. Maktabning sport zalida ham bunay ishlar davom ettirilishi ko’zda tutilgan. Ayni damda olib borilayotgan ta’mirlash ishlariga 3 ta maxsus texnika jalb etilgan.