Obodlik yo’lida
Jizzax viloyati IIB JXX JTSB kinologiya bo’linmasida ko’lamli bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Xususan, o’q otish, mashg’ulotlar maydonlari, pitomnik va hududni obod qilish choralari ko’rilayapti. Jizzax viloyati IIB boshlig’i, general-mayor G’ayrat Qodirov ushbu ishlarning borishi bilan tanishdi.
Ma’lum qilinishicha, o’q otish maydonchasi atrofi obod qilinib, to’siqlar almashtiriladi. Xizmat iti bilan mashg’ulot olib borish maydonchasi ham ta’mirlanib, zarur jihozlar bilan ta’minlanadi. Boshqarma boshlig’i ushbu ishlarni ko’zdan kechirish chog’ida o’q otish mashg’ulotlarini kuzatish binosi tomini yopish kerakligini, hududni obod qilish, manzarali va mevali daraxt ko’chatlari o’tqazish zarurligini uqtirdi. Binolardagi sharoitlar bilan tanishuv chog’ida quruvchi va ustalar bilan suhbatda bo’lib, qurilish, ta’mirlash ishlarini jadallashtirish va belgilangan muddatlarda yakunlash kerakligini ta’kidladi.
Adirlik qo’ynida joylashgan maskanda yog’ingarchilik vaqtlari sel suvlari bilan bog’liq muammolar yuzaga keladi. Ushbu suv yo’llarini xavfsiz yo’nalishga burish, obodlik ishlarida mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo’yicha mutasaddilarga vazifalar yukladi.
SHu kunlarda viloyat hududidagi ichki xo’jalik yo’llarini shag’allashtirish ishlari olib borilmoqda. Viloyat IIB boshlig’i CHimqo’rg’on kar’yeridan shag’al olib ketilishi jarayonini ham ko’zdan kechirdi. O’rganish asnosida qo’shimcha texnikalar, yonilg’i mahsulotlari ajratish, shag’al yotqizishni jadallashtirish bo’yicha topshiriqlar berdi. Yo’llarda avtomashinalarning harakatlanishini nazorat qilish va haydovchilarga yo’riqnomalar berib borish orqali harakat xavfsizligini ta’minlanishiga ham diqqat qilindi.