10 Noyabr 2021 yil 665

Qochib ketgandi

Jizzax viloyati Mirzacho’l tumani YAngidala qishloq fuqarolar yig’inida yashovchi shaxs muqaddam jinoyat sodir etib, el oldida yuzi qaro bo’lganlardan.

Qisqasi, sud unga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlagandi. Ammo mahkum jazoni ochiqda o’tash imkoniyatidan foydalana olmadi. YA’ni, sud tomonidan belgilangan taqiqqa zid ravishda yashash manzilidan ketib qoldi.

Natijada shu yilning 4 noyabrida jinoyat ishlari bo’yicha Arnasoy tumani sudi tomonidan unga nisbatan qidiruv e’lon qilindi.

Ichki ishlar organlari xodimlari qochoqning uzoq bekinishiga yo’l qo’ymadilar. Mahkumning Toshkent shahridagi yashirin manzili aniqlanib, qo’lga olindi. Tabiiyki, endi u jazodan bo’yin tovlash bilan bog’liq xatti-harakatlari uchun ham javob beradi.

Text to speech