29 Dekabr 2021 yil
614
Qochoq qo’lga olindi
Jizzax shahrining Toshloq mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi shaxs Zarbdor tumanida firibgarlik jinoyatiga qo’l urdi. Tabiiyki, ko’p o’tmay uning faoliyati bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlar qiziqa boshladi. Qilmishi uchun javob berish vaqti kelganligini sezgan ushbu fuqaro qochib qolishni ma’qul ko’rdi.
Ammo uzoq yashirina olmadi. Ichki ishlar organlari xodimlari qochoqning Navoiy viloyatining Navoiy shahridagi yashirin manzilini aniqlab qo’lga oldilar.