29 Dekabr 2021 yil 772

Qochoq ushlandi

2021 yilning 14 dekabrida Jizzax viloyati G’allaorol tumani Marjonbuloq shaharcha fuqarolar yig’ini Geologlar mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi fuqaroga nisbatan qidiruv e’lon qilindi.

Bunga ushbu shaxsning o’g’irlik jinoyatini sodir etib, huquqni muhofaza organlardan qochib qolgani sabab bo’ldi.

Ichki ishlar organlari xodimlari ayblanuvchining jazodan qutilib qolishiga yo’l qo’ymadilar. Uning Arnasoy tumanidagi yashirin manzili aniqlanib, qo’lga olindi.

Text to speech