20 Avgust 2021 yil 695

O’g’irlaganlarining hammasini hazm qila olmagan

2021 yil 15 avgustga o’tar kechasi Jizzax viloyati SHarof Rashidov tumani Ziyokor mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi fuqaroning uyida o’g’irlik yuz berdi.

Noma’lum shaxs jabrlanuvchining turar joyi yotoqxonasiga deraza orqali kirib, javonda bo’lgan 25 million so’m pul va 10 dona tilla taqinchoqlarni olib ketgan.

Jabrlanuvchining ichki ishlar organlariga qilgan murojaati asosida olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida jinoyat Jizzax shahrining Amir Temur mahallasida yashovchi shaxs tomonidan sodir etilgani aniqlandi. Undan taqinchoqlar daliliy ashyo tariqasida hujjatlashtirib olindi.

Text to speech