30 Noyabr 2021 yil
611
O’g’irlik mollarni qaytardi
SHu yilning 20 noyabr’ kuni Jizzax shahrining Zilol mahallasi hududidagi mebel’ savdosiga ixtisoslashgan mas’uliyati cheklangan jamiyat binosining derazasi sindirilib, 3 million 700 ming so’m pul, 1 dona noutbuk va 3 dona ovoz kuchaytirgich o’g’irlab ketildi.
Bu to’g’rida ichki ishlar organlariga MCHJ ishchisi, SHarof Rashidov tumanining Saroylik mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi A.D. xabar bergach, olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida jinoyat G’allaorol tumani Lalmikor qo’rg’oni Do’stlik mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi X.T. tomonidan sodir etilgani aniqlandi.
Undan noutbuk va 3 dona ovoz kuchaytirgich hujjatlashtirib olingan.