9 Noyabr 2022 yil
423
O’g’irlikka qo’l urgan fuqaroga jinoyat ishi qo’zg’atildi
Joriy yilning 5 noyabr’ kuni Jizzax shahar ichki ishlar boshqarmasiga “Bobur” MFYda istiqomat qiluvchi S.D. ariza bilan murojaat qilib, do’konida o’g’irlik sodir etilganligi, noma’lum shaxslar jami 60 million so’mlik 15 dona har-xil turdagi tilla taqinchoqlarni olib ketganini ma’lum qilgan.
IIO xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni “Jizzaxlik” MFYda yashovchi D.S. sodir etganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan Jizzax shahar IIB huzuridagi tergov bo’limi tomonidan O’zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo’zg’atilgan.