29 Dekabr 2021 yil 598

O’g’ri qo’lga olindi

Jizzax shahrining Xayrobod mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi xususiy tadbirkor ichki ishlar organlariga murojaat qilib, Ittifoq mahallasi hududida joylashgan unga tegishli ovqatlanish shoxobchasida o’g’irlik yuz berganligini bildirgan.

Ma’lum bo’lishicha, noma’lum shaxs tamaddixonada ta’mirlash ishlarini olib borayotgan ustalarga tegishli perferator va drelni o’margan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo’zg’atilib, o’tkazilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyat Jizzax shahrining Qaliya mahalla fuqarolar yig’inida istiqomat qiluvchi shaxs tomonidan sodir qilingani aniqlandi.   

Text to speech