28 Noyabr 2022 yil 636

O’g’ri ushlandi

Jizzax viloyati G’allaorol tumani Baxt mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi  SH.K.ning turar joyida o’g’rilik yuz berdi. Noma’lum shaxs uyda hech kim yo’qligidan foydalanib, xonadon eshigi qulfini buzgan va qiymati 2 million 500 ming so’mlik 3 ta tilla taqinchoq va 1 ta go’sht qiymalagichni olib ketgan.

Jabrlanuvchining arizasi asosida jinoyat ishi qo’zg’atilib, o’tkazilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida o’g’irlikni shu tumanning G’afur G’ulom mahallasida yashovchi, muqaddam sudlangan A.T. sodir qilgani aniqlandi. Undan ashyoviy dalillar hujjatlashtirib olingan.

Text to speech