O’g’rilar 20 yoshli yigit va qiz bo’lib chiqdi
Jizzax shahrining Zilol mahalasida yashovchi H.P. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, 2020 yilning 17 noyabr’ kuni soat 7 da uyida hech kim yo’qligidan foydalangan noma’lum shaxs 80 milllion so’m pulini o’g’irlab ketganligini bildirdi. E’tiborlisi, turar joydan ayollarning pardoz-andoz buyumlari ham olib ketilgan. Jinoyat uyga deraza orqali kirish yo’li bilan amalga oshirilgandi.
Holat yuzasidan o’tkazilgan tezkor qidiruv tadbirlari dastlab kutilgan natijani bermadi. Tabiiyki, jinoyatchini topishga qaratilgan sa’y-harakatlar to’xtatib qo’yilmadi. Natijada o’g’irlik fosh qilindi. Ma’lum bo’lishicha, bu qonunbuzarlik Jizzax shahrining Zilol mahallasida yashovchi Z.M. hamda SHarof Rashidov tumanining Qahramon mahallasida yashovchi B.M. tomonidan sodir etilgan.
Ayblanuvchilar 20 yoshli yigit va qizdan o’g’irlangan pul evaziga qo’lga kiritilgan kiyim-kechak va pardoz-andoz buyumlari hujjatlashtirib olindi. Ularga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo’llanilgan.
Jizzax viloyati IIB axborot xizmati.