19 Dekabr 2022 yil
718
O’g’rilar qo’lga olindi
Jizzax viloyati SHarof Rashidov tumani Pastki so’loqli mahallasida yashovchi SH.N. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, yashash uyi qarshisida turgan “Lasetti”si yukxonasidan 10 ming AQSH dollari hamda 34 million 200 ming so’m o’g’irlanganligini bildirdi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo’zg’atilib, olib tezkor qidiruv tadbirlari natijasida mazkur qonunbuzarlik Samarqand shahrining Ibn Xoldun mahallasida yashovchi I.X. hamda Samarqand shahrining Mevazor mahallasida yashovchi V.P. tomonidan sodir qilingani aniqlandi. Ayblanuvchilardan daliliy ashyo sifatida 17 million 850 ming so’m hujjatlashtirib olingan.