2 Aprel 2021 yil 843

O’g’rining firibi fosh bo’ldi

2020 yilning 14 oktyabriga o’tar kechasi Jizzax viloyati SHarof Rashidov tumani Pastki so’loqli mahallasida yashovchi O.N.ning turar joyi yotoqxonasidagi temir sandiqda bo’lgan 300 AQSH dollari, tilla zanjir, bilakuzuk va uzuk o’g’irlab ketildi.

Voqea joyini ko’zdan kechirgan ichki ishlar organlari xodimlari jinoyatchi uyga devordan oshib kirganligini hamda sandiq kalit tanlash yo’li bilan ochilganligini aniqladilar.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo’zg’atilib, olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida nihoyat o’g’rilar ushlandi. Ma’lum bo’lishicha, jinoyatni SHarof Rashidov tumani Kattaqishloq mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi B.A. hamda Xayrobod mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi YO.G.lar sodir etishgan. Ular tilla taqinchoqlarni jabrlanuvchining mahalladoshi E.N. orqali Jizzax shahridagi bozorda 12 million so’mga pullashgan. Ayblanuvchilardan daliliy ashyo sifatida 1 juft ayollar sirg’asi hujjatlashtirib olindi. Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilayapti.

 

Jizzax viloyati IIB axborot xizmati.

Text to speech