11 Noyabr 2023 yil 1802

Oylik doirasida qo`l jangi musobaqasi uyushtirildi

Ayni kunlarda ichki ishlar organlari tizimida o`tkazilayotgan “Jismoniy va jangovar tayyorgarlik oyligi” doirasida Jizzax viloyati yakka kurash turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida huquq-tartibot organlari saflarida xizmat o`tayotgan shahodatlangan  xodimlar ishtirokida qo`l jangi bo`yicha  “Dinamo” jismoniy tarbiya-sport jamiyati kengashi birinchiligi bo`lib o`tdi.

Bellashuvlar 57, 62, 67, 73, 80, 88, 97 kilogramm va undan yuqori vazn toifasidagi sportchilar o`rtasida kechdi. Qiziqarli va hayajonli lahzalarga mazkur musobaqada birinchi o`rinni Jizzax viloyati ichki ishlar organlari jamoasi egalladi. Keyingi o`rinlar DXX chegara qo`shinlari hamda O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining qo`riqlash boshqarmasi jamoasiga nasib qildi. Yakunda g`oliblar munosib taqdirlandi.

Text to speech