20 Avgust 2021 yil 802

Hokim profilaktika inspektorlari bilan muloqot o’tkazdi

Baxmal tumani hokimi Musa Anorboyev hudud profilaktika inspektorlari bilan uchrashuv o’tkazdi. Tadbir avvalida ichki ishlar organlari tizimida kechayotgan islohotlar, tumanda qonunbuzarliklarning oldini olish, jinoyatlarni fosh qilish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlarga to’xtalib o’tildi. SHundan so’ng tuman IIB moddiy texnika bazasini kuchaytirish, xususan huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi xodimlarini zaruriy vositalar bilan ta’minlash masalasi ko’tarildi.

Muloqotlar davomida Musa Anorboyev yil yakunigacha tuman hokimligi tomonidan Morguzar mahalla fuqarolar yig’inida profilaktika inspektori uchun xizmat uyi barpo etilishi hamda 6 nafar soha vakiliga zamonaviy komp’yuterlar ajratilishini ma’lum qildi.

Yig’ilishda Baxmal tumani IIB boshlig’i, podpolkovnik Asliddin Jalolov jinoyatchilikka qarshi kurash borasida yo’l qo’yilayotgan kamchiliklar hamda “Xavfsiz hudud” profilaktik tadbiri doirasida bajarilishi lozim bo’lgan ishlar xususida so’z yuritdi.   

 

Text to speech