30 Noyabr 2021 yil 607

Oltin olishga urinishgan

Ichki ishlar organlari xodimlari G’allaorol tumani Lalmikor mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi K.K.ning turar joyini ko’zdan kechirganlarida uning rudadan oltin ajratish bilan shug’ullanayotganligi aniqlandi.

Qonunbuzardan daliliy ashyo sifatida tosh maydalash uskunasi va 40 kilogramm ruda olingan.

Mazkur mahallada yashovchi SH.E.ning hovlisidagi yordamchi xo’jalikdan esa 2 ta tosh maydalash uskunasi hamda 100 kilogramm ruda topildi.

Ruda va tegirmonlar hujjatlashtirib olingan. Holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o’tkazilmoqda.

Text to speech