Ommaviy sayyor qabulda
Do`stlik tumanining
“Mevazor” mahallasida ichki ishlar organlari, sudlar, prokuratura, adliya va
soliq idoralari mutasaddilarining aholi va yoshlar uchun ommaviy sayyor qabuli
bo`lib o`tdi.
Mazkur jarayonda Jizzax
viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig`i, general-mayor G`ayrat Qodirovga 13
nafar jismoniy va yuridik shaxslar murojaat qildi. Jumladan, davolanish, ishga
joylashish, tadbirkorlik faoliyatini yo`lga qo`yish uchun kredit ajratilishi,
kommunal xizmat ko`rsatish sifatini yaxshilash, himoya orderi olish, transport
vositasini jarima maydonidan chiqarish, korxonalar o`rtasidagi shartnoma
shartlarining bajarilishini ta’minlash, hujjatlarni soxtalashtirgan
qonunbuzarga chora ko`rish, mulk bo`linishini adolatli hal qilish yuzasidan
ko`mak so`raldi.
O`z navbatida ushbu
muammolarni hal qilish bo`yicha tegishli sohaviy xizmatlar hamda boshqa
idoralar mutasaddilariga topshiriqlar berildi. Tadbir doirasida 3- sektor
rahbari bir ayolga subsidiya asosida tikuv mashinasi, ikki nafar fuqaroga
kredit olish, 3 nafar yoshga esa oliy o`quv yurti kontarkt to`lovining to`lab
berilishiga oid sertifikatlarni topshirdi.
Shuningdek, 4 kishi
boshqarma boshlig`idan shaxsni tasdiqlovchi ИД kartalarni qabul qilib oldi.
Ma’lumot o`rnida aytish kerak, huquqni muhofaza qiluvchi organlar mas’ullari
viloyatning shahar va tumanlarida ommaviy sayyor qabullarning ikkinchi
davrasini o`tkazishmoqda.