“Ona tilim – jonu dilim” ma’naviy-ma’rifiy tadbir o`tkazildi
Jizzax viloyati IIB sohaviy xizmatlari xodimlari ishtirokida “Ona tilim
– jonu dilim” mavzuida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir o`tkazildi.
Yig`ilishda O`zbekiston Respublikasi yozuvchilar uyushmasi viloyat bo`limi
rahbari, yozuvchilar uyushmasi a’zosi Mehribon Abdurahmonova ma’ruza qildi.
Notiq o`z so`zida millatimiz ruhini ifoda etuvchi ona tilimiz bizni yuksak
ma’naviyatga, ma’rifatga, istiqlolu istiqbolga etak¬lovchi bebaho ne’mat
ekanligini ta’kidladi.
Shuningdek, tilimizning taraqqiyot bosqichlari, uning rivojiga hissa
qo`shgan ulug` shoir, yozuvchi va arboblar tilga olindi. Bundan tashqari davlat
tilining nufuzini oshirish, jamiyatda davlat tiliga hurmat-e’tibor va
mehr-muhabbat muhitini shakllantirish borasida qilinayotgan ishlar xususida ham
so`z bordi.
Tadbir davomida yurtimizda osoyishtalikni ta’minlash, jinoyatchilikka
qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasini ta’minlash borasida
namunali xizmat qilayotgan bir guruh soha xodimlari rag`batlantirildi. Shu
bilan birga an’anaviy tarzda savol-javoblar qilindi.