Qonunbuzarliklar uchun javob berishadi
Giyohvandlik moddasini yetishtirish, saqlash va sotishning oldini olish borasida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan zarur choralar ko’rilmoqda. Joylarda uyushtirilayotgan targ’ibot tadbirlarida ushbu holatlar uchun belgilangan javobgarliklar tushuntirilayapti. Biroq ayrim yurtdoshlarimiz mazkur turdagi qonunbuzilishlarga yo’l qo’ymoqdalar. CHunonchi, soha xodimlari tomonidan o’tkazilgan tadbirda Jizzax shahri Amir Temur mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro yashash uyi hovlisining o’tinxonasi yonida polietilen tuvakda 8 tup giyohvandlik o’simligini ekib parvarishlab kelganligi aniqlandi.
Baxmal tumani Novqa qishloq fuqarolar yig’inida istiqomat qiluvchi fuqaro esa yashash xonadoni yotoqxonasidagi shkaf ichida 23 dona shunday giyohvandlik o’simligini yetishtirgan. 1,5 litrli yelim idishlardagi o’simliklar hujjatlashtirib olinib, jinoyat ishlari qo’zg’atilgan.
Xullas fuqarolar qonunbuzilishlar uchun javob berishlariga to’g’ri keladi.
Jizzax viloyat IIB axborot xizmati