11 Sentyabr 2021 yil 644

Qoramol o’g’rilari ushlandi

Joriy yilning 1- sentyabrga o’tar kechasi SHarof Rashidov tumani Oltinsoy suv iste’molchilari uyushmasi hududidagi fermer xo’jaligi dalasida bo’lgan 4 bosh chorva mollari orasidan bittasi, ya’ni, bozor narxi 2 million 150 ming so’mligi yo’qolgan.

Jabrlanuvchining bu haqdagi murojaati asosida ichki ishlar organlari tomonidan jinoyat ishi qo’zg’atildi. O’tkazilgan tezkor tadbirda o’g’irlikni Do’stlik tumanida yashovchi ikki nafar fuqaro sodir etgani aniqlandi. Yo’qolgan qoramol ulardan birining yashash uyidan daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirildi.

Text to speech