23 Iyul 2021 yil
689
O’rgangan ko’ngil o’tga tiqdi
2021 yilning 17 iyul’ kuni Jizzax viloyati YAngiobod tumani SHodlik mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi ayol viloyatning Zomin tumanidagi “Dashtobod” buyum bozorida sumkasida bo’lgan 275 ming so’m pulni o’g’irlatib qo’ydi.
Ayol bu to’g’rida ichki ishlar organlariga murojaat qilgach, tegishli tartibda jinoyat ishi qo’zgatilgan. Holat bo’yicha olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Dashtobod shahri Hamid Olimjon mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi erkak tomonidan sodir etilgani aniqlandi. Ma’lumot o’rnida aytish kerakki, ushbu shaxs muqaddam o’g’irlik qilgani uchun sudlangan.