19 Dekabr 2022 yil
606
O’rindiq ostidagi balo
Ichki ishlar organlari xodimlari Jizzax viloyatining G’allaorol tumanidagi “Sangzor-15” YPX maskanida SHarof Rashidov tumanining Ravalliq mahallasida yashovchi A.O’. boshqaruvidagi “Neksiya”ni to’xtatib, tekshirdilar.
Mazkur jarayonda avtoulov yo’lovchisi, Jizzax shahrining Hamid Olimjon mahallasida istiqomat qiluvchi SH.E. o’zi o’tirgan o’rindiq ostida marixuna olib ketayotganligi aniqlandi. 62 ta gugurt qutisiga joylangan giyohvand moddaning og’irligi 153,9 grammni tashkil qildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo’zg’atilgan.