Osoyishtalik posbonlarining xizmati e’tirof etildi
Jizzax viloyati IIBda 25 oktyabr’ – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan tantanali tadbir uyushtirildi. Viloyat IIB boshlig’i o’rinbosarlari, sohaviy xizmatlar hamda hududiy bo’linmalari xodimlari ishtirok etgan tadbirda boshqarma boshlig’i, general-mayor G’.Qodirov soha faxriylari va xodimlarni bayram bilan muborakbod etdi.
SHuningdek, ichki ishlar organlarida amalga oshirilgan islohotlar, zamonaviy texnik vositalar bilan ta’minlash, xizmat sharoitini yaxshilash, xodimlarni ijtimoiy himoyalash borasidagi ishlar xususida to’xtaldi. Xalq manfaatlariga xizmat qiladigan, yuksak bilim va professional ko’nikmalarga ega vatanparvar xodimlarning tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash yo’lidagi xizmatlari e’tirof etildi.
Tantanali tadbirda bir guruh xodimlar Ichki ishlar vazirligining buyrug’i bilan “A’lo xizmatlari uchun”, I darajali, II darajali va III darajali “Ichki ishlar organlarida benuqson xizmatlari uchun” ko’krak nishonlari, esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.
Bundan tashqari, navbatdagi maxsus unvonlar hamda sportning voleybol, basketbol, shaxmat turlari hamda ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan o’tkazilgan mini futbol bo’yicha musobaqa g’oliblariga ham diplom va sovg’alar topshirildi.
Jizzax viloyati IIB axborot xizmati