1 Oktyabr 2021 yil
628
Otaliqqa olingan maktabda o’qituvchi va murabbiylar e’zozlandi
Jizzax viloyati SHarof Rashidov tumani ichki ishlar bo’limi otalig’ida bo’lgan 35- sonli o’rta umumta’lim maktabida 1 oktyabr’ — O’qituvchi va murabbiylar kuni ko’tarinki ruhda nishonlandi.
Tadbirda ishtirok etgan Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i, general-mayor G’ayrat Qodirov mamlakatimizda ta’lim sohasida kechayotgan islohotlar, xususan o’qituvchi va murabbiylarning nufuzini oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda ustozlarning jamiyat taraqqiyotini ta’minlashdagi o’rni xususida atroflicha to’xtalib o’tdi.
Tadbirda bir guruh muallimlarga faxriy yorliq va esdalik sovg’alari topshirildi. SHundan so’ng maktab o’quvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy dastur namoyish etildi.