6 Sentyabr 2021 yil 601

Otaliqdagi maktabda yangi o’quv yili boshlanishi munosabati bilan tadbir uyushtirildi

Zomin tumanining Guliston mahala fuqarolar yig’inidagi 30- sonli o’rta umumta’lim maktabi Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasining otalig’ida. SHu ma’noda, Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i, general-mayor G’ayrat Qodirov mazkur ta’lim muassasasida yangi o’quv yilining boshlanishi munosabati bilan uyushtirilgan tadbirda qatnashdi.

“YAngi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida maktab pedagogik jamoasi, o’quvchilar va ularning ota-onalari ishtirokida o’tgan marosimda 3- sektor rahbari va boshqalar so’zga chiqib, mamlakatimiz ta’lim tizimida kechayotgan islohotlar, yoshlarga qaratilayotgan e’tibor hamda ulg’ayib kelayotgan avlodning el-yurt oldidagi mas’uliyati xususida to’xtalib o’tdilar.

SHuningdek, munosib ta’lim sharoiti yaratish maqsadida maktabda amalga oshirilgan ishlar tilga olindi. CHunonchi, shu yil yozda sinfxonalar va sport zali ta’mirlangan. Isitish tizimlari yangilanib, 6 ta qozonxona qurilgan. 1 ming 800 metr kvadrat yo’lga asfal’t yotqizilgan. 540 metrlik chopish yo’lagi va stadion yuzaga keltirilgan. 1 ming 350 metr kvadrat joyga beton, 500 metr kvadrat maydonga bruschatka yotqizilgan. Maktab tevaragi devor va panjara bilan o’ralib, hudud aylanasiga shag’al yotqizilgan. Binoning tashqi qismi bo’yalib, internet tarmog’i tortilgan.

Ma’lumot o’rnida aytish kerak, maktabda ta’mir ishlarining amalga oshirilishida Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i, general-mayor G’ayrat Qodirov bosh-qosh bo’ldi. YA’ni 3- sektor mas’ullari o’quv muassasasi ta’miriga qurilish texnikalarini jalb etish, zaruriy mahsulotlarni yetkazib berish, maktab hovlisida avtodorom barpo etish, yo’l harakati xavfsizligi sinfxonasini zamon talablariga mos tarzda jihozlash ishlarini bajarishdi. SHuningdek, soha vakillari hududni obodonlashtirishga qaratilgan hasharlarda faol qatnashdilar.

Tadbir davomida maktabda qurilish-ta’mirlash ishlarini amalga oshirgan korxona faollariga Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasining sovg’alari topshirildi. SHundan so’ng maktabning 1- sinfiga qabul qilingan bolalarga o’quv qurollaridan iborat Prezident sovg’alari topshirildi.

Tantanali marosimda maktab o’quvchilari jamoasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan tayyorlangan badiiy kompozitsion dastur namoyish etildi. Tadbir yakunida yangi o’quv yilining ilk qo’ng’irog’i yangrab, o’quvchilar sinfxonalariga Mustaqillik darsida qatnashish uchun yo’l oldilar. Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i, general-mayor G’ayrat Qodirov dastlab, maktabning boshlang’ich sinflari o’quvchilari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. So’ngra 11- sinf o’quvchilariga istiqloldan saboq berdi. Qisqasi, gulistonlik o’qituvchilar va o’quvchilar uchun o’quv yili o’zgacha ruh va kayfiyatda boshlandi.

SHu kuni viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i tumanning 3- sektorida joylashgan 25- sonli o’rta umumta’lim maktabida bo’ldi. Bu yerda ta’lim olayotganlar uchun ham o’quv yili yaxshi yangilik bilan boshlangan. YA’ni maktabning eski binosi yonida 480 o’rinli yangi o’quv binosi barpo qilindi. Ta’kidlash kerak, Jizzax viloyatidagi 13 ta o’rta umumta’lim maktabi 3- sektor mas’ullariga biriktirilgan. Ushbu maktablarni yangi o’quv yiliga tayyorlash ko’ngildagidek amalga oshirildi.  

 

Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati.

Text to speech