Otliq otryadlar tashkil etiladi
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 29 noyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni bilan “2022-2025 yillarda O’zbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimini rivojlantirish strategiyasi” tasdiqlandi.
Ushbu hujjatda hududiy ichki ishlar organlari patrul’-post xizmati bo’linmalari tarkibida bosqichma-bosqich otliq otryadlarni tashkil etish belgilangan. Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasida mazkur vazifani amalga oshirish borasida qator ishlar olib borilmoqda. Xususan, boshqarmaning patrul’-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi patrul’-post xizmati batal’oni saf bo’linmalari xodimlarining ot bilan xizmat o’tash ko’nikmalari oshirilayotir.
Viloyat Davlat chegara qo’shinlarining otliq bo’linmasi o’quv markazida uyushtirilgan mashg’ulotda qorabayir zotli otlarni o’rgatuvchi harbiy xizmatchilar tomonidan ot bilan ishlash, ularni saqlash, oziqlantirish, sayr qildirish tartiblari haqida ma’lumotlar berildi.
SHuningdek, chavondozlik, ot bilan to’siqlardan o’tish bo’yicha mahorat darslari o’tildi. Asosiy maqsad esa xizmat otlarini tarbiyalash, ot bilan muloqotda bo’lish, xizmat o’tash ko’nikmalarini hosil qilishga qaratildi.
Mashg’ulot davomida o’quv markazida qorabayir zotli otlarning naslini ko’paytirish bo’yicha ham xodimlarga tushunchalar berildi.