5 Yanvar 2023 yil 794

O’zingga ehtiyot bo’l...

Jizzax viloyati SHarof Rashidov tumani Istiqlol mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi L.A.ning turar joyida hech kim yo’qligidan foydalangan noma’lum shaxs oltindan yasalgan 1 dona zanjir, 2 juft sirg’a, 1 dona bilakuzuk, 4 dona uzuk hamda 300 ming so’m pulni o’g’irlab ketgan.

Jabrlanuvchining arizasi asosida o’tkazilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyat Samarqand viloyati Ishtixon tumani Do’stlik mahalla fuqarolar yig’inida yashagan J.M. tomonidan sodir etilgani aniqlandi. Ma’lumot o’rnida aytish kerak, ushbu fuqaro 2018 yilda o’g’irlik qilganligi uchun sudlangan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech