27 Mart 2023 yil 502

Paxtazorda huquq-tartibot maskani yuzaga keltirilayapti

Jizzax viloyati IIB boshlig’i, general-mayor G’ayrat Qodirov Mirzacho’l tumanining Paxtazor shaharcha fuqarolar yig’inidagi 110- sonli ichki ishlar organlari tayanch punktini huquq-tartibot maskaniga aylantirish maqsadida amalga oshirilayotgan rekonstruksiya va ta’mirlash jarayoni bilan tanishdi. Bu yerda qurilishni sifatli amalga oshirish hamda mebel’ va anjomlar ajratish masalalari ko’rib chiqildi.

Ma’lumot o’rnida aytish kerak, huquq-tartibot maskanlarida profilaktika inspektoridan tashqari fuqarolar yig’ini raisi, hokim o’rinbosari, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli uchun qulay xizmat sharoitlari yaratiladi.

 

Text to speech