6 Dekabr 2022 yil 542

“Paqildoqlar” o’yinchoq emas

G’allaorol tumani Baxt mahallasida yashovchi 2004 yilda tug’ilgan D.SH. 1 million 190 ming so’mga pirotexnika vositasini sotayotganda IIO xodimlari tomonidan ushlandi. Joriy yilning 3 dekabr’ o’tkazilgan tezkor tadbirda sotuvchidan jami 5 ming 400 dona pirotexnika vositasi hujjatlashtirib olingan. So’nggi ikki kun davomida viloyatda pirotexnika vositasini sotish bilan bog’liq shunday 5 ta huquqbuzarlikka chek qo’yildi.

Ta’kidlash joiz, Jizzax viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan pirotexnika vositalarini sotish va saqlash bilan bog’liq qonunbuzarliklarning oldini olish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, uchinchi va to’rtinchi dekabr’ kunlari jami 20 ta holat qayd etildi. Hududlar kesimida tahlil etilganda ularning 6 tasi SHarof Rashidov, 3 tadan G’allaorol va Zomin tumanlari hududida aniqlangan.

Pirotexnika vositalarini saqlayotganlarning aksariyati maktab o’quvchilari ekanligi afsuslanarlidir. CHunonchi, soha xodimlari SHarof Rashidov tumanidagi 15- sonli o’rta umumta’lim maktabining 10- sinf o’quvchisi H.V.ni Nurafshon mahallasi hududida to’xtatib tekshirishganida u 480 dona pirotexnika vositasini yonida saqlayotgani ma’lum bo’ldi. Xuddi shunday, G’allaorol tumanidagi 88- o’rta umumta’lim maktabining 9- sinf o’quvchisi F.F. esa pirotexnika vositasining 600 tasini yonida olib yurgan. SHanba va yakshanba kungi tadbirlarda shu kabi 12 ta holat kuzatildi.

Qisqasi, tadbirlar davomida pirotexnika vositalarini sotish va saqlash bilan bog’liq holatlarda jami 6 nomdagi 34 ming 500 ga yaqin pirotexnika vositalari, 40 ta salyutlar hujjatlashtirib olindi.

Jizzax viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech