11 Oktyabr 2021 yil 640

Paketda marixuana bo’lgan

Ichki ishlar organlari xodimlari G’allaorol tumani hududidagi “Sangzor-15” yo’l-patrul’ xizmati maskanida to’xtash ishorasiga bo’ysunmasdan harakatlanishda davom etgan “Nexia” avtoulovini kuzata boshladilar.

Haydovchi bejiz qochmagan ekan. Avtoulov Toshkent-Termiz M-39 yo’lining 1005- kilometriga yetganida “Nexia”  oynasidan 2 dona polietilen paket uloqtirildi.

Tekshirilganida paketlarda 46,87 gramm marixuana borligi ayon bo’ldi. Tergovga qadar tekshiruv davomida giyohvand modda avtomashina yo’lovchisi, Jizzax shahri Qaliya mahallasida yashovchi shaxsga tegishli ekanligi aniqlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo’zg’atilgan.

Text to speech