Pedagoglar onlayn dars o’tish bo’yicha tajriba almashdi
Karantin cheklovlari kuchaytirilishi bilan shu yilning 24 yanvar’ sanasidan ta’lim onlayn tarzda olib borilmoqda. Bu jarayonda axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda dars o’tilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jizzax akademik litseyida tashkil etilgan seminarda ishtirokchilar masofadan dars o’tish usullari, e’tibor qaratiladigan jihatlar va baholash mezonlari haqidagi bilimlarini boyitishdi.
Xususan, Jizzax shahridagi Prezident maktabida faoliyat olib borayotgan yetakchi IT mutaxassisi Pokistonlik Noumanxon o’qituvchilarga onlayn darslarni tashkil etishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish, “Google meeting” va “Google Drive” dasturlari haqida batafsil ma’lumot berdi. Litsey o’qituvchilari mavzu yuzasidan fikrlarini bildirib, savollariga javob oldilar.
Litsey pedagog jamoasi IT mutaxassisi bilan haftaning har shanba kuni “Onlayn darslarni samarali tashkil etish” mavzusida seminar-treninglar o’tkazishga kelishishdi.