30 Noyabr 2021 yil
576
Pensionerga firib bergan
Jizzax shahrining YOshlik mahallasida yashovchi D.D.ni firib borasida ustasi farang, deyish mumkin.
Jumladan, u 2018 yilning dekabr’ oyidan 2019 yilning sentyabr’ oyigacha bo’lgan vaqt oralig’ida SHarof Rashidov tumani Ravalliq mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi pensioner Y.YU.dan tuman hududida namunali loyiha asosida qurilayotgan turar joy olib berishni va’da qilib, 5 million so’m, shuningdek Xitoydan tomat tayyorlash uskunasini keltirishga so’z berib, 8 ming 500 AQSH dollarini firibgarlik yo’li bilan olgan.
Qisqasi, kuta-kuta charchagan pensioner, ichki ishlar organlariga murojaat qildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo’zg’atilgan.