Piyozning puli yo’q
SHarof Rashidov tumani YAngidiyor mahallasida yashovchi, xususiy korxona rahbari ichki ishlar organlariga murojaat qilib, Farg’ona viloyati Dang’ara tumani Kattaganjiravon mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi shaxs uni aldab ketganligini bildirgan.
Ma’lum bo’lishicha, shu yilning 29 avgustida kattaganjiravonlik shaxs arizachidan 190 tonna 331 kilogramm piyozni 275 million 579 ming 950 so’mga baholab, olib ketgan. Qisqasi, “10 kunda pulini to’layman”, degan va shu ketgancha tutqich bermagan.
Bundan tashqari ushbu shaxs 2021 yilning 20 sentyabrida Paxtakor tumani Suvonobod mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi, xususiy korxona rahbarini ham chuv tushirgan. YA’ni undan 136 million so’mga baholab, 80 tonna piyoz olib ketgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo’zg’atildi.