29 Dekabr 2021 yil 663

Рirotexnika vositalarini saqlagan

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan Jizzax shahrining Madaniyat mahallasida yashovchi xususiy tadbirkorga tegishli qandolat mahsulotlari sexi ko’zdan kechirildi. Natijada sexda 1 ming 380 dona pirotexnika vositasi saqlanayotgani aniqlandi.

Xuddi shunday, soha vakillari Jizzax shahrining Ittifoq mahallasida istiqomat qiluvchi shaxsni “Jizzax shahar markaziy dehqon bozori” hududida to’xtatib, tekshirganlarida uning sumkasidan 2 ming 400 dona pirotexnika vositasi topildi.

Har ikki holatda ham kuchli ovoz chiqaruvchi pirotexnika vositalari hujjatlashtirib olinib, tergovga tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech