Plastik kartadan pul o’g’irlagan fuqaro aniqlandi
Zafarobod tumanining “Uzun” mahalla fuqarolar MFYda yashovchi fuqaro B. M. O’zbekiston Respublikasi Xalq qabulxonasiga murojaat qildi.
Murojaatida joriy yilning 10 iyul kuni “Anorbank” AJ viloyat filiali tomonidan berilgan plastik kartasidan noma’lum shaxs 3 million so’m pullarini yechib olganligini ma’lum qilgan.
Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan, 2022 yil 17 avgust kuni O’zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo’zg’atildi. Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida mazkur jinoyatni, “Uzun” mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi fuqaro A. B. o’ziga tegishli “Redmi 10” rusumli qo’l telefon apparatiga “SLICK” messenjerini yuklab, ushbu tizim orqali yechib olganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlar olib borilmoqda.