26 Fevral 2022 yil 476

Profilaktik tadbir o’tkazildi

Jizzax shahar ichki ishlar boshqarmasi shahar prokraturasi, YOshlar ishlari agentligi hamda shahar xalq ta’limi bo’limi, viloyat ichki ishlar boshqarmasi patrul’-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tungi vaqtda bemaqsad yurgan voyaga yetmaganlarni aniqlash, ular bilan profilaktik ishlar olib borishga qaratilgan profilaktik tadbir o’tkazildi.

Asosiy e’tibor shahar hududida joylashgan ko’ngilochar va dam olish maskanlarida voyaga yetmaganlarning nazoratsiz hamda qarovsiz yurishlarini aniqlash, ularga tegishli tartibda profilaktik choralar ko’rilish, tungi vaqtlarda ko’chalarda bemaqsad yurgan yoshlarning shaxsiga aniqlik kiritishga qaratildi. SHu ma’noda tungi soat 22:00 dan keyin komp’yuter o’yinlari maskanlari, kafe, restoran, bar va choyxonalar ko’zdan kechirildi. Xususan, Zargarlik mahallasi hududidagi ko’ngilochar joylarning ish yurituvchilari bilan suhbatlashilib, ularga huquqiy tushunchalar berildi.

Tadbir davomida ushbu mahalla hududidagi savdo do’konida SHarof Rashidov tumani Saraylik mahallasida istiqomat qiluvchi, o’rta umumta’lim maktabi o’quvchisi ma’lum xaq evaziga tungi vaqtda ota-onasi yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslarning ishtirokisiz mehnatga jalb qilinib ishlatib kelinayotgani ma’lum bo’ldi. Holat yuzasidan savdo do’koni ma’sul xodimiga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Bundan tashqari, Toshloq mahallasi hududida bemaqsad yurgan yoshlarning shaxsiga aniqlik kiritish maqsadida ichki ishlar organlariga olib kelinib, barmoq izlari olindi. Ularning har birlari bilan yakka tartibda profilaktik suhbatlar o’tkazildi va huquqiy tushuntirishlar olib borildi.

Text to speech