25 Fevral 2020 yil 2434

Profilaktika inspektoriga diplom topshirish marosimi o'tkazildi

Profilaktika inspektorining zimmasidagi mas'uliyat qanchalik sharafli bo'lsa, shunchalik og'ir hamdir. Shu sabab bu sohada mehnat qilgan xodim keyinchalik ichki ishlar tizimining har qanday yo'nalishida bemalol ishlab keta oladi. Darhaqiqat, inspektor doimo xalq ichida, oilaviy janjallarni bartaraf etishdan tortib og'ir jinoyatlarni ochishgacha bo'lgan jarayonlarda faol qatnashishi, hududida qonunga zid xatti-harakat ro'y bersa, zudlik bilan chora ko'rishi kerak. Albatta, bularning barchasiga profilaktika inspektoridan zaruriy bilim, ish ko'nikmalari talab etiladi. Xuddi shunday Toshkent davlat yuridik universitetining ixtisoslashtirilgan filiali tomonidan 6 oylik sayyor kurs profilkatika inspektorining sohaviy tajribalarini oshirishga xizmat qildi desak adashmagan bo'lamiz.

Mazkur kurs joriy yilning 1 aprelida boshlangan bo'lib tinglovchilarga olti oy davomida bilim va malaka ulashib keldi.  Chunonchi, dars mashg'ulotlariga Adliya vazirligi huzuridagi yuristlar malakasini oshirish markazi, Milliy gvardiya harbiy-texnik instituti, bosh prokuratura akademiyasi, ichki ishlar vazirligi akademiyasi hamda masalaga aloqador oliy o'quv yurtlarining professor-o'qituvchilari jalb etildi.

Mazkur o'quv kursi Jizzax Politexnika institutida olib borildi. Profilaktika inspektorlari o'quv jarayonlarida Jinoyat va jinoyat prosessual huquqi, fuqarolik va fuqarolik prosessual huquqi, krimonologiya, kriminalistika, biznes huquqi, ma'muriy huquq kabi fanladan bilimlarini oshirishdi. Har bir o'tilgan fanlar bo'yicha joriy, oraliq, yakuniy nazorat imtihonlari topshirib tinglovchilarning o'zlashtirish darajalari baholanib borildi. Ta'bir joiz bo'lsa aytish kerakki, ushbu o'quv kursi bitiruvchilari xalqaro tajriba, milliy an'ana, Internet manbalaridan foydalanish tartiblari haqida ham qo'shimcha ma'lumotlarga ega bo'lishdi.

Text to speech