10 May 2022 yil 678

Profilaktika inspektorlarining bilimlari oshirilmoqda

O’zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2022 yil 5 maydagi “Ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlari bilan qisqa muddatli o’quv yig’inlarini tashkil etish to’g’risida”gi farmoyishi asosida Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlari uchun videokonferensiya tarzida mashg’ulotlar o’tkazildi.

Mazkur o’quv yig’ini orqali Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari ichki ishlar organlari  profilaktika inspektorlarini to’liq qamrab olish ko’zda tutilgan. 6 kunlik o’quv yig’ini davomida soha vakillarining huquqiy bilimlari, kasbiy mahorati, jismoniy tayyorgarligini oshirish choralari ko’riladi. Ayni maqsadda zamonaviy o’quv vositalari va uslublaridan foydalanilmoqda.

Ichki ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining tajribali mutaxassis va mas’ullari tomonidan o’tilayotgan mashg’ulotlar davomida tezkor va kriminogen vaziyatni o’rganish va tahlil qilish, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda tez va to’g’ri qaror qabul qilish malakalarini shakllantirish, profilaktika inspektorlarining xizmat faoliyatini zamonaviy talablar asosida samarali tashkil etish bo’yicha yig’ilganlarga tavsiyalar berildi. Profilaktika inspektorlarining hududga mos, ya’ni shahar va qishloq sharoitlarida faoliyat olib borishga oid bilimlari ham kuchaytirildi. 

SHuningdek, xodimlarning sohaga oid huquqiy hujjatlar mohiyati va mamlakatimizda kechayotgan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlardan xabardorligi ta’minlanmoqda. Mamlakatimiz Prezidentining 2021 yil 29 noyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida” farmonida belgilangan vazifalarga e’tibor qaratildi.

Saboqlar davomida huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashishga doir ilg’or tajribalar, faoliyat davomida kuzatilgan muammoli holatlar, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish, xususan hujjatlarni elektron shaklda yuritish, sudlarda onlayn ishtirok etish masalalari ko’rib chiqildi. Qayta jinoyatlarning oldini olish maqsadida muqaddam sudlanganlar va probatsiya xizmati nazorati ostidagi shaxslar hamda ichki ishlar organlari hisobida turganlar bilan profilaktik tadbirlar o’tkazishga oid tajribalar o’rtoqlashildi.  

O’quv davomida xodimlarning saf va jismoniy tayyorgarligini kuchaytirishga qaratilgan mashqlar o’tiladi. Xullas, asosiy maqsad profilaktika inspektorlarining bugungi kun talablari asosida malakalarini oshirish, xizmat davomida yuklatilgan vazifalarni bajarishga vijdonan va mohirona yondoshish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlashda kasbiy mahoratini yanada oshirishdan iborat. Jizzax viloyatida mazkur o’quv yig’ini 7 bosqichda tashkil qilinadi va mashg’ulotlarni 25 iyunda yakunlash ko’zda tutilgan.

Text to speech