Profilaktika inspektorlarining malakasi oshirilmoqda
O’zbekiston Respublikasi IIVning shu yil 23 maydagi “Tuman (shahar) ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlarining kasbiy, jismoniy va jangovor tayyorgarligini yanada oshirish buyicha o’quv yig’inlarini tashkil etish to’g’risida”gi farmoyishi asosida ichki ishlar organlarining bir guruh profilaktika inspektorlari o’quv kurslarida ishtirok etishmoqda.
SHarof Rashidov tumanidagi harbiy qismda davom etayotgan o’quv davomida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlash, jazoni o’tab bo’lgan shaxslarning mehnat, ijtimoiy ta’minot va xalqaro e’tirof etilgan boshqa huquqlarini himoya qilish orqali ularning ijtimoiy moslashuviga ko’maklashish bo’yicha bilim va malakalari oshirilayapti. Navbatdagi mashg’ulotda viloyat ichki ishlar boshiarmasi hamda viloyat prokuraturasi mas’ullari tomonidan arizalar, shikoyatlar hamda murojaatlar bilan ishlash, raqamli axborot texnologiyalari, huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning barvaqt oldini olishdagi imkoniyatlari tushuntirildi.
Mavzular bo’yicha profilaktika inspektorlari o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.