12 Iyun 2024 yil 3547

Profilaktika katta inspektori, kapitan Javlon Ismoilov Jizzax shahar ichki ishlar boshqarmasining eng faol xodimlaridan biri

Profilaktika katta inspektori, kapitan Javlon Ismoilov Jizzax shahar ichki ishlar boshqarmasining eng faol xodimlaridan biri. Jumladan, joriy yilning o`tgan davrida u giyohvand moddalar bilan bog`liq 2 ta jinoyatni fosh qilishga muvaffaq bo`ldi. Xuddi shunday,  profilaktika katta inspektori huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish borasida faollik ko`rsatyapti.        

Chunonchi, bugungacha “Oqqo`rg`onlik” mahallasi oltiligiga muayyan shaxslarni qiynayotgan masalalar yuzasidan 149 ta xulosa kiritdi. Natijada 50 dan ortiq kishi ish bilan ta’minlandi. Mazkur ko`rsatkichni yil so`ngiga qadar 180 nafarga etkazish rejalashtirgan. Shuningdek, kapitan tomonidan yuzga yaqin huquqbuzarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

O`z navbatida  ichki ishlar organlarida profilaktik hisobda turuvchi 29 nafar, ma’muriy nazorat ostiga olingan 2 nafar, ichkilikka ruju qo`ygan 6 nafar shaxs hamda 4 ta nizoli oilalar vakillari bilan doimiy ravishda profilaktik tadbirlarni amalga oshirmoqda. Shu kabi sa’y-harakatlar natijasida bir yarim yildan buyon “Oqqo`rg`onlik” mahallasi “yashil” toifada.

Text to speech