18 Oktyabr 2022 yil 588

Prokuratura xodimlarining bilimlari boyitildi

Jizzax viloyati IIB ekspert-kriminalistika markazi mutaxassislari tomonidan viloyat, shahar va tumanlar prokuraturalari tergovchilari ishtirokida voqea joylarini ko’zdan kechirish, jinoyat ishlarining isbotlov bazasini mustahkamlashda ilmiy-texnik salohiyatdan foydalanish masalalariga bag’ishlangan o’quv tashkil qilindi.

Videoselektor tarzida kechgan tadbir davomida hodisa joyini ko’zdan kechirish, qoldirilgan ashyoviy dalillarni o’rganish hamda barmoq izlari orqali shaxsni aniqlash yuzasidan atroflicha ma’lumot berildi. SHuningdek, prokuratura xodimlarining ashyoviy dalillarni o’rash, muhrlash, saqlash, tashish va qabul qilishga oid bilimlari boyitildi.

Text to speech