18 Oktyabr 2021 yil
628
Pul talon-taroj qilingan
Jizzax viloyati G’allaorol tumani Sarbozor mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi fuqaroning arizasi asosida ichki ishlar organlari xodimlari hududdagi avtomaktabda tergovga qadar tekshiruv o’tkazishdi.
Mazkur jarayonda avtomaktab rahbari, SHarof Rashidov tumanining SHarilloq mahallasida istiqomat qiluvchi shaxs avtomaktabga qilingan to’lovlar hamda sertifikat olish uchun sarflanishi lozim bo’lgan 13 million 160 ming so’mni kirim qilmasdan, o’zlashtirib yuborgani aniqlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo’zg’atildi.