29 Dekabr 2021 yil 599

Pulini ololmayapti

Jizzax viloyati G’allaorol tumani Baxt mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi shaxs ichki ishlar organlariga murojaat qilib, mahalladoshi firib berganligini bildirgan. Ma’lum bo’lishicha, 2021 yilning 21 oktyabrida tanishi mahalla hududidan 6 sotix yer maydonini 20 million so’mga sotishini aytib, jabrlanuvchidan 1 ming AQSH dollari olgan.

SHu bilan u “dum”ini tutqazmay qo’ygan. Pirovardda jabrlanuvchining arizasi asosida jinoyat ishi qo’zg’atildi.

Text to speech