26 Avgust 2021 yil
676
Qidiruvdagi shaxs qo’lga olindi
Toshkent viloyati YUqorichirchiq tumani Birlik mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi A.A. Jizzax viloyati hududida firibgarlikni kasb qildi. Uning qilmishlari ichki ishlar organlari xodimlariga ayon bo’lgach, jinoyat ishi qo’zg’atilib, ayblanuvchini javobgarlikka tortish choralari ko’rila boshlandi.
Oqibatda zararni qoplashi, shuningdek, jazo olishi muqarrarligini sezgan A.A. qochib qolishni ma’qul ko’rdi. SHu sababli joriy yilning 5 avgustida unga nisbatan qidiruv e’lon qilindi. Ammo firib ustasi yashirinishni eplolmas ekan. Ichki ishlar organlari xodimlari uning Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi yashirin manzilini aniqlab, qo’lga oldilar. Tabiiyki, yana juftakni rostlab qolmasligi uchun ayblanuvchi hibsxonaga joylashtirildi.