23 Iyul 2021 yil 741

Qidiruvdagi shaxs ushlandi

Jizzax viloyati Forish tumani “Uxum” mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi fuqaro haqorat qilish hamda hokimiyat vakili yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko’rsatish bilan bog’lik jinoyatlarni sodir etganligi uchun jazoga tortilishi aniq bo’lib qoldi. YA’ni, uni O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli bandlari asosida ayblash va tergov qilish choralari ko’rila boshlandi.

Ammo mazkur shaxs qochish yo’li bilan jazodan qutilib qolmoqchi bo’ldi. SHu sababli joriy yilning 30 iyun’ kuni unga nisbatan qidiruv e’lon qilindi. Qisqasi, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ushbu shaxsning Navoiy viloyati Nurota tumanidagi yashirin manzili aniqlanib, qo’lga olindi. Qochoq hibsxonaga joylashtirilgan.

Text to speech